JSST koronavirus bo‘yicha xushxabar berdi

Olam

image

Britaniya va Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirus shtammlari kasallikning og‘irlik darajasiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Shoshilinch kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove ma’lumot bergan. 

“Yaxshi xabar shuki, ushbu variantlarning hech biri kasallik og‘irroq o‘tishiga sabab bo‘lmaydi”, degan Van Kerkxove. 

Qayd etilishicha, yangi shtammlar virus tarqalishini kuchaytirishi mumkin. Biroq, bu mavjud vaksinalar va davolash usullarining samaradorligini inkor etmaydi.

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi. Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi.

Virusning yangi versiyasi yana bir qancha mamlakatlarda, jumladan Daniya, Italiya, Niderlandiya va Avstraliyada topilgan. Dekabr oyida Nigeriya, Singapur, Slovakiya va Janubiy Afrikada koronavirusning yangi mutatsiyalari qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

1721

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing