JSST: Koronavirus bo‘yicha antirekord qayd etildi 

Olam

image

Dunyoda koronavirus tarqalishi kuchaymoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qilgan. 

"O‘tgan hafta Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bo‘yicha dunyo bo‘ylab 5 millionga yaqin holatni va 85 mingdan ortiq o‘limni qayd etdi. Bular tashkilotga xabar berilgan eng yuqori ko‘rsatkichlar", degan u. 

JSST vakili kelgusi haftalarda "vaksinalarni joriy etishni jadallashtirish va ularni adolatli taqsimlashni ta’minlash" zarurligini ta’kidlagan. 

Vuynovichning aytishicha, koronavirusga qarshi emlash pandemiyani tugatishga yordam berishi mumkin, ammo u barcha muammolarni hal qilmaydi. 

JSST vakili ijtimoiy masofani saqlashda davom etish, qo‘llarni yuvish va o‘zini yakkalash zarurligini yana bir bor eslatgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 92 mln 116 ming 803 kishini tashkil etmoqda. Shundan 65 mln 963 ming 977 nafari sog‘aygan, 1 mln 972 ming 676 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing