JSST kimlar koronavirusni asosiy tarqatuvchilari ekanini ma’lum qildi
Olam
−
25 noyabr 2021
8034Emlanmagan odamlar koronavirusni asosiy tarqatuvchilari hisoblanadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.
“Biz emlanish huquqiga ega bo‘lgan har bir kishini ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz. Bu ayniqsa, 60 va undan yuqori yoshdagilar, shuningdek immuniteti past bo‘lganlar uchun juda zarur”, deya ta’kidlangan tashkilot xabarida.
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, barcha tadqiqotlar ko‘plab karantin qoidalariga amal qilish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktika choralarining samaradorligini tasdiqlagan. Xususan, niqob taqish va xonalarni shamollatish muhimdir.
Ta’kidlanishicha, ijtimoiy masofani saqlash va gigiyena qoidalariga rioya qilish, odamlar bilan aloqani nazorat qilish hamda virus yuqtirgan shaxslarni izolyatsiya qilinishi kerak.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 258 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan, koronavirus qurbonlari 5 million 166 ming 192 kishini tashkil qiladi.