JSST qizamiq epidemiyasi xavfidan ogohlantirdi

Olam

image

Dunyoda qizamiq bilan kasallanish xavfi ro‘yxatga olingan holatlarning kamayishiga qaramay, o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining kecha, 10 noyabr kuni e’lon qilingan yangi hisobotida aytilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli 22 milliondan ortiq chaqaloq qizamiqqa qarshi emlashning birinchi dozasini o‘tkazib yuborgan, bu 2019 yilga nisbatan 3 millionga ko‘p. Shu bilan birga so‘nggi 20 yildagi eng katta o‘sish bo‘lib, kasallikning yangi o‘choqlari uchun xavfli muhit yaratadi. Shu bilan birga, 2019 yilga nisbatan 2020 yilda qizamiq bilan kasallanganlar soni 80 foizdan ko‘proqqa kamaygan. 

JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida qizamiq kasalligini kuzatish yomonlashgan. Laboratoriya tekshiruviga yuborilgan namunalar soni o‘n yildan ortiq vaqtdagi eng past ko‘rsatkich bo‘lgan. 

Qizamiqning yirik epidemiyalari allaqachon 26 mamlakatda sodir bo‘lgan va 2020 yilda qayd etilgan barcha holatlarning 84 foizini tashkil qilgan. 

“2020 yilda qizamiq bilan kasallanganlar soni kamaygan bo‘lsa-da, ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, butun dunyo bo‘ylab avj olish xavfi o‘sishda davom etayotganligi sababli, biz “bo‘ron” oldidan tinchlikni ko‘rishimiz mumkin. Muntazam immunizatsiya kuchaytirilishi kerak, aks holda bizda bir halokatli kasallikni boshqasiga almashtirish xavfi bor”, deydi JSST Immunizatsiya, vaksinalar va biologik preparatlar departamenti direktori Keyt O’Brayen.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda bolalarning atigi 70 foizi qizamiqqa qarshi vaksinaning ikkita zarur dozasini olgan, 95 foiz bolalar kasallik tarqalishidan himoyalanish uchun to‘liq emlanishi kerak. Bundan tashqari, 2020 yilga rejalashtirilgan qizamiqga qarshi emlash bo‘yicha 24 ta kampaniya COVID-19 pandemiyasi sababli 23 mamlakatda qoldirilgan. Natijada 93 milliondan ortiq odam kasallik xavfi ostida qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

54

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing