JSST insonlar salomatligi uchun global tahdid nimaligini aytdi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yolg‘izlikni global sog‘liq uchun asosiy tahdid deb e’lon qildi. AQSH Bosh jarrohi yolg‘izlikning o‘lim xavfiga ta’siri kuniga 15 ta sigaret chekish bilan teng ekanini aytdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilishicha, JSST ushbu muammo bo‘yicha xalqaro komissiya tuzgan. Unga AQSH Bosh jarrohi Vivek Murti va Afrika Ittifoqining yosh diplomati Chido Mpemba rahbarlik qiladi. Komissiya tarkibiga yana 11 nafar huquq faoli va rasmiylari ham kiritilgan.

Aytilishicha, yolg‘izlik muammosi COVID-19 pandemiyasi tufayli yomonlashgan. Pandemiya odamlarning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini to‘xtatgan, yolg‘izlik darajasi oshgan.

“Yolg‘izlik chegara bilmaydi va sog‘liq, farovonlik va rivojlanishning barcha jabhalariga ta’sir etuvchi global sog‘liqni saqlash muammosiga aylanib bormoqda. Ijtimoiy izolyatsiya hech qanday yosh yoki jinsni tan olmaydi”, deydi Chido Mpemba.

Murti esa statisik ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, dunyodagi har to‘rtinchi keksa odam ijtimoiy izolyatsiyani his qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarning 5 foizdan 15 foizgacha qismi o‘zini yolg‘iz his qiladi. Bu ko‘rsatkich Afrikada 12,7 foizni, Yevropada esa 5,3 foizni tashkil etadi.

Maktabda yolg‘izlikni boshdan kechirgan yoshlar ko‘proq universitetni tashlab ketadi. Ishda aloqadan uzilib qolish va qo‘llab-quvvatlash yo‘qligini his qilish esa o‘zidan qoniqish va samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

JSST yolg'izlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing