JSST favqulodda ogohlantirdi
Salomatlik
−
14 iyul 2023 26919 1 daqiqa
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti parranda grippi pandemiyasi boshlanishi xavfidan ogohlantirdi. Bu haqda tashkilot navbatdagi bayonotida ma’lum qildi.
JSST 12 iyul kuni e’lon qilgan bayonotida parranda grippi pandemiyasining insonlarga yuqish xavfi yuqoriligi xususida keng jamoatchilik va soha mutaxassislarini yana bir bor ogohlikka chaqirdi.
Tashkilot mas’ul xodimi Silvi Brianning ta’kidlashicha, mazkur virusning bemor insondan boshqasiga yuqishi kam kuzatiladi. Shunga qaramay, xushyorlik va ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish shart. Ayni sababdan JSST mamlakatlarni kasallik ustidan nazoratni kuchaytirish va aniqlangan holatlar bo‘yicha imkon qadar tezroq xabar berishga chaqirgan.
O‘z navbatida, epidemiologlar dunyo mamlakatlari aholisidan infeksiyadan zararlangan va halok bo‘lgan hayvonlarga yaqinlashmasligini va o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymasligini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, JSST dastlab joriy yilning mart oyida mazkur virusning tez mutatsiyaga uchrab, nafaqat qanotli jonzotlar, balki bemor insonlarga ham yuqish hamda keng tarqalish xususiyatiga egaligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi