JSST ekspertlari koronavirus “ildizi”ni qidirishni boshlaydi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) delegatsiyasi Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida ikki haftalik karantin muddatini o‘tab bo‘ldi. Endi ular COVID-19 virusining kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha ish boshlashga tayyor. Bu haqda "Associated Press" xabar bermoqda.

Agentlikning xabar berishicha, bugun, 28 yanvar kuni mutaxassislar guruhi karantin jarayoni olib borilayotgan mehmonxonadan chiqqan. Ularning aniq qayerga ketgani haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Endi xalqaro tashkilot mutaxassislari koronavirus kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan ishlarni boshlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, JSST mutaxassislari ikki hafta oldin Uxanga yetib kelgan. XXRda joriy qilingan qoidalarga muvofiq ular darhol karantinga jo‘natilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, delegatsiya tarkibiga Rossiya, Avstraliya, Daniya, Germaniya, Keniya, Yaponiya, Gollandiya, Qatar, Sudan, Buyuk Britaniya, AQSH va Vetnamdan kelgan mutaxassislar hamda ularning Xitoydagi hamkasblari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangan edi. 

Turli taxminlarga ko‘ra, koronavirus Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing