JSST dunyo davlatlarini niqob rejimiga qaytishga chaqirdi
Olam
−
14 iyul 2022
5018Dunyo koronavirusning yangi shtammlari bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani sababli COVID-19'ga qarshi kurashning sinab ko‘rilgan va sinovdan o‘tgan usullariga qaytishi kerak. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus aytib o‘tdi.
Gebreyesus koronavirus bilan kasallanganlar orasida shifoxonaga yotqizish va o‘lim holatlari ko‘payib borayotgani tashvishli belgi ekanligini ta’kidlab, hukumatlarni "sinovdan o‘tgan choralarni, shu jumladan niqob taqish, binolarni ventilyatsiya qilishni kuchaytirish va davolash protokollarini qo‘llashga" chaqirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya "yaqin orada tugamaydi" va butun dunyo bo‘ylab infeksiyalarning ko‘payishi "sog‘liqni saqlash xizmatlari va imkoni boricha ishlayotgan tibbiyot xodimlariga bosimni kuchaytirmoqda".
JSST rahbarining ta’kidlashicha, rasmiylar o‘z mamlakatlari va mintaqalarida mavjud bo‘lgan infeksiyaga qarshi kurash choralarini muntazam ravishda baholashlari kerak.
"Ilmiy hamjamiyat, siyosiy rahbarlar va keng jamoatchilikning kovid bilan bog‘liq xavflarni qanday qabul qilishlari o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud. Shuning uchun bir vaqtning o‘zida odamlarni xavf haqida xabardor qilish va sog‘liqni saqlash vositalariga, jumladan niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash va yopiq joylarni tez-tez shamollatish", deydi Gebreyesus.
JSST pandemiya tugamagani, ammo koronavirusning tabiati o‘zgarayotgani haqida ogohlantirmoqda. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, kovid bilan kasallanish holati kamida 110 ta davlatda ko‘paymoqda. Bunga omikron shtammining BA.4 va BA.5 turlarining tarqalishi sabab bo‘lmoqda.
JSST ekspertlarining fikricha, yozda Yevropada virusning tarqalish darajasi ko‘plab davlatlar deyarli barcha cheklovchi choralarni bekor qilgani sababli sezilarli darajada oshmoqda. Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqda ham epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.
LiveBarchasi