JSST: “Dunyo yangi pandemiyaga tayyorlanishi lozim”
Olam
−
08 Sentabr 2020
14987Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus insoniyatni yangi pandemiyalar haqida ogohlantirdi va hukumatlarni sog‘liqni saqlash tizimiga ko‘proq sarmoya kiritishga chaqirdi.
Kecha, 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida JSST rahbari koronavirus bo‘yicha yangilangan statistikani ma’lum qildi. Unga ko‘ra, COVID-19 oqibatida yuzaga kelgan o‘lim soni yaqin kunlarda 900 mingga yetishi mumkin.
"COVID-19 bizga juda ko‘p narsalarni o‘rgatdi. Misol uchun, sog‘liqni saqlash tizimi hashamatli emasligini angladik. Sog‘liqni saqlash insonning ehtiyoji va huquqidir. Aholi salomatligi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy barqarorlik uchun asos bo‘lib xizmat qiladi", dedi Gebreyesus.
Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 8 sentyabr holatiga ko‘ra, 27 million 489 198 nafarga yetgan. Ushbu virusdan 896 867 nafar bemor vafot etgan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi