JSST 2022 yilda emlash uchun qancha mablag‘ ketishini ochiqladi
Olam
−
04 may 2021
2959Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus 2022 yilda dunyoning aksariyat katta yoshli aholisini koronavirusga qarshi emlashni ta’minlash uchun qancha mablag‘ talab qilinishini ma’lum qildi.
"Bizning taxminimizcha, kelgusi yilda dunyodagi aksariyat katta yoshlilarni emlash uchun yana 35 milliarddan 45 milliard dollargacha kerak bo‘ladi", degan JSST rahbari.
Gebreyesus so‘nggi ikki hafta ichida dunyoda pandemiyaning dastlabki olti oyiga nisbatan ko‘proq koronavirus infeksiyasi qayd etilganini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida aniqlangan holatlarning yarmidan ko‘pi Hindiston va Braziliyaga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, Bosh direktor "dunyoda juda zaif vaziyatga duch kelgan boshqa ko‘plab mamlakatlar borligini" aytgan.
Shu sababli u aholini JSSTning sanitariya tavsiyalariga rioya qilishni davom ettirishga chaqirgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 154 mln 195 ming 608 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 3 mln 227 ming 188 kishi kasallikdan vafot etgan.
LiveBarchasi