JSST “hindcha” koronavirus ikki baravar yuqumli ekanini ma’lum qildi
Olam
−
25 iyun 2021
6227Koronavirusning hindcha varianti — “delta” Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan dastlabki shtammdan ikki baravar yuqumli. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh xodimi Sumya Svaminatan ma’lum qilgan.
Svaminatanning so‘zlariga ko‘ra, “delta”ning tarqalish tezligini hisobga olganda, u dunyoda koronavirusning dominant turiga aylanishi mumkin.
“Yaxshi xabar shundaki, hozirgi kunda dunyoda qo‘llanilayotgan vaksinalarning aksariyati hech bo‘lmaganda og‘ir kasalliklarning oldini olishda samarali bo‘lib tuyuladi”, degan Svaminatan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusning “delta” varianti allaqachon dunyoning 92 mamlakatida aniqlangan.
Avvalroq, O‘zbekistonda ham koronavirusning Hindistonda paydo bo‘lgan xavfli “hindcha” shtammi aniqlangani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi