Jozep Borrel Markaziy Osiyoga kelyapti
Olam
−
01 avgust
4469Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili – Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozep Borrel bugun, 1 avgust kuni Qozog‘istonga keladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Tashrif doirasida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan”, deyiladi TIV xabarida.
Tashrif davomida kengaytirilgan tarkibda muzokaralar olib boriladi va matbuot uchun bayonot beriladi.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 18 iyun kuni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan Qozog‘istonga kelgan.
“Bu mening uchinchi tashrifim. Bizning xavotirimiz shundan iboratki, Qozog‘iston Rossiyaga sanksiyalangan tovarlarni reeksport qilishi mumkin. Biz Qozog‘istonga import sezilarli darajada oshganini ko‘rmoqdamiz va ular Rossiyaga yo‘naltirilishi mumkinligidan xavotirdamiz”, degandi O’Sallivan.
LiveBarchasi