Joshua Usik bilan birinchi jangining nechta raundida g‘alaba qozonganini aytdi

Sport

image

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik bilan o‘tkazgan ilk jangida nechta raundda g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Bu  haqda “JD Official” nashri xabar berdi.

“Usik bilan jangda muammoga duch kelganimni bilardim. Ko‘zlarimning ko‘rishi biroz yomonlashdi. Ya’ni, ko‘zlarim shishib ketgandi, lekin bu normal holat, muammo yo‘q. Biz bunday qiyinchiliklar uchun yaratilganmiz. To‘g‘risini aytsam, o‘zimni kurashda qolgandek his qildim. Dastlabki ikki raundda u g‘alaba qozondi, uchinchisida men g‘alaba qozondim. O‘ylaymanki, u 12 raundning 7 tasida g‘alaba qozondi, men esa 5 tasida zafar quchdim”, degan Joshua.

Ma’lumot uchun, britaniyalik Entoni Joshua va ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasidagi revansh jangi joriy yilning 20 avgust kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing