Joshua avtohalokatdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytdi

Sport

image

Britaniyalik og‘ir vazn toifasidagi mashhur professional bokschi Entoni Joshua ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan keyin mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda bokschi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. 

Hodisa o‘tgan yilning 29 dekabr kuni Nigeriyada sodir bo‘lgan. Bokschi ichida bo‘lgan Lexus avtomobili Lagosdan Sagamu shahriga ketayotgan vaqtda yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga borib urilgan.


Nigeriya yo‘l harakati xavfsizligi vakili, politsiya qo‘mondoni Babatunde Akinbiyining aytishicha, dastlabki tergov xulosalari fojia sababini aniqlagan:
 “Tezlik haddan tashqari yuqori bo‘lgani sababli avtomobil shinasi yorilib ketgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

YTH paytida Entoni Joshua haydovchining orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan. Baxtli tasodif tufayli bokschi va haydovchi omon qolgan, biroq hodisa oqibatida ikki kishi vafot etgan.Turli darajadagi jarohatlar olgan Joshua Nigeriyaning Lagos shahrida shifoxonaga yotqizilgan va 2025 yil 31 dekabr kuni uyiga javob berilgan.

Voqeadan 19 kun o‘tib, Joshua ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida mashg‘ulot jarayoni aks etgan videolarni joyladi. Videolardan biriga u “Ruhiy chidamlilik terapiyasi” deya izoh qoldirgan.

Ma’lumot uchun, Entoni Joshua professional faoliyati davomida 29 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U IBF, WBA, WBO hamda IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Entoni Joshua yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing