Joriy yil qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
09 oktabr 2021 6464 1 daqiqa
Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 670,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 9 oyidagi tug‘ilishlar soni 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,1 foizga, 1991 yilga nisbatan esa 16,4 foizga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p o‘g‘il bola Jizzaxning Do‘stlik tumanida tug‘ilgan bo‘lsa, eng ko‘p qiz bola Sirdaryoning Shirin shahrida dunyoga kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 1 oktyabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 mln 79,2 ming kishini tashkil etmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust