Joriy haftada jazirama harorat biroz chekina boshlaydi

Bu qiziq

image

Joriy hafta davomida O‘zbekistonda havo harorati biroz pasaya boshlaydi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.

Kavkaz hududlaridan nisbatan biroz salqin havo kirib kelishi hisobiga ertaga, 20 iyun kunidan issiq biroz pasayadi. Havo harorati ish haftasining oxirigacha 33-38 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Respublikaning eng chekka janubida issiq havo massasining ta’siri saqlanib turadi. Harorat asosan 39-41 daraja, Surxondaryo viloyatida hafta o‘rtasiga kelib, ba’zi joylarda 42-44 daraja issiqgacha bo‘ladi.

20 iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Haftaning birinchi yarmida ob-havoning beqarorligi respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida saqlanib turadi – ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi. Bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi, do‘l yog‘ishi ehtimoldan holi emas.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 23 iyunda janubda va cho‘l hududlarda shamolning kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Poytaxt Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab 20 iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi, faqat bugun, 19 iyun kunning ikkinchi yarmida shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati 19 iyunda 38-40 daraja, keyinchalik ish haftasining oxirigacha 35-37 daraja issiqgacha bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo salqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing