Joriy hafta quruq va issiq ob-havo bilan o‘tadi
Bu qiziq
−
22 may 2023
4885Joriy hafta davomida O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati 30 daraja issiqdan pastga tushmaydi. Biroq hafta o‘rtalarida sharqiy hududlarning eng chekka qismida yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.
Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat 23-24 may kunlari respublikaning sharqiy hududlarining eng chekka qismida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Qozog‘iston hududi ustidagi joylashgan antitsiklonning ta’siri hafta o‘rtalarida harorat fonini biroz pasaytiradi. Kunduzgi havo harorati 25-30 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat yana 31-33 issiqqacha ko‘tariladi.
23-24 may kunlari respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Poytaxt Toshkentda bugun va haftaning oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23-24 may kunlari shamol tezligi 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun kunduzi havo harorati 31-33 daraja bo‘ladi, qolgan kunlarda esa harorat asosan 26-30 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
LiveBarchasi