Joriy hafta +42 darajali issiq bilan o‘tadi

Bu qiziq

image

Joriy hafta O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.

Keltirilishicha, joriy yilning 5-9 iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi.

Ish haftasining oxiriga kelib, kunduzi havo 37-40 darajagacha, 5-6 iyunda respublikaning shimolida, 6-8 iyunda janubda va cho‘l hududlarda 41-42 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Bunday harorat iyun oyining birinchi o‘n kunligi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir. Ammo ushbu davrda bundan ham yuqori harorat qiymatlari kuzatilgan. Xususan, 2021 yil iyun oyining birinchi o‘n kunligida markaziy hududlar bo‘yicha havo harorati 41-43 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida esa 44-46 darajagacha issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ushbu haftada asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh ayrim tog‘li hududlarda bugun, 5 iyun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida 7-8 iyunda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda 5-9 iyun kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat hafta boshida 35-37 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga kelib, 38-40 daraja issiqqacha asta-sekin ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Gidrometeorologiya issiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing