Jonson Rossiya masalasida davomchisi Trassga ishonch bildirdi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Boris Jonson yangi hukumat rahbari Liz Trass Rossiyaga qarshi turishda va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga, shuningdek, ichki narxlarning o‘sishiga dosh berishiga ishonadi. Bu haqda Jonson Bosh vaziri sifatidagi so‘nggi nutqida aytib o‘tdi.

“Men Liz Trass va konservativ hukumat odamlarni inqirozdan olib chiqish uchun qo‘lidan kelganini qilishini bilaman va bu mamlakat bardosh beradi. Biz g‘alaba qozonamiz”, deydi Jonson.

Shuningdek, u Bosh vazirlikdan ketganidan keyingi rejalari haqida gapirib o‘tgan. U o‘zini “o‘z vazifasini bajargan raketaning ajratilgan birinchi bosqichiga” o‘xshatgan.

“Endi men atmosferaga yana kirib boraman va Tinch okeanining chekka qismidagi qayergadir sezilmay yiqilaman”, deydi u.

Taxminan yetti daqiqa davom etgan nutqidan so‘ng, iste’foga chiqqan Bosh vazir rafiqasi Kerri bilan birga hukumat mashinasiga o‘tirib, aeroportga yo‘l olgan. U endilikda Shotlandiyadagi qirolicha Yelizaveta II ning yoniga boradi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning iste’foga ketayotgan Bosh vaziri Boris Jonson NATOning amaldagi Bosh kotibi Yens Stoltenberg kelasi yil sentyabrda lavozimini tark etgach, tashkilotga rahbar bo‘lishi mumkin.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing