Jonson ketayotganidan Medvedevning og‘zi qulog‘ida

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning tez orada lavozimidan ketishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, buni “Britaniyaning takabburligi va o‘rtamiyona siyosati”ning tabiiy natijasi deb atadi. Bu haqda u Telegram sahifasida yozib qoldirgan. 

"Ukrainaning eng yaxshi do‘stlari" ketmoqda. "G‘alaba" xavf ostida! Birinchisi ketdi... Bu esa Britaniya takabburligi va o‘rtamiyona siyosatining mantiqiy natijasidir. 

Germaniya, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlaridan yangiliklar kutib qolamiz”, deb yozgan Medvedev. 

Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vaziri Priti Patel, Tashqi savdo kotibi Enn-Mari Trevelyan, Biznes, engergetika va sanoat strategiyasi vaziri Kvazi Kvarteng, Transport vaziri Grant Shepps va yangi Moliya vaziri Nadim Zaxavi Bosh vazirni iste’foga chiqishga undadi, biroq Jonson ularga o‘z lavozimini tark etmasligini aytdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay esa xorijiy ommaviy axborrot vositalari Boris Jonson yaqin soatlarda iste’foga chiqishi haqida ariza yozishini ma’lum qildi

Joriiy yilning 5 iyul kuni esa Buyuk Britaniya Hukumatidagi ikki vazir Rishi Sunak, Sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Jovid, shuningdek Ta’lim vaziri o‘rinbosari Uill Kvins hamda Angliya va Uels Bosh prokurori o‘rinbosari Aleks Chak Bosh vazir Boris Jonson bilan bog‘liq bir qator mojarolar fonida iste’foga chiqqandi. So‘nngi ma’lumotlarga ko‘ra, iste’foga chiqqan britaniyalik siyosatchilarning soni 50 dan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

325

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing