“Jonon”dan “Paxta”ga qadar. Toshkentda ko‘chalar nomi o‘zgardi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Olmazor, Uchtepa va Yangihayot tumanlarida joylashgan 264 ta nomsiz, 23 ta nomi takrorlangan, 15 ta nomi qonun hujjatlari talablariga zid bo‘lgan jami 400 ta ko‘chaga yangi nom berildi. 91 ta ko‘chaning nomi esa o‘zgartirilgan. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining “Toshkent shahridagi ayrim geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Xususan, Olmazor tumanidagi 184 ta, Uchtepa tumanidagi 11 ta hamda Yangihayot tumanidagi 69 ta nomsiz ko‘cha yangidan ataldi. Ularning aksariyati tor va berk ko‘chalar hisoblanadi.

Shuningdek, Olmazor tumanidagi 19 ta, Uchtepa tumanidagi 3 ta va Yangihayot tumanidagi 1 ta ko‘cha nomi takrorlanganligi tufayli o‘zgartirilgan.

Olmazor tumanidagi nomi qonun hujjatlari talablariga zid bo‘lgan 15 ta ko‘cha esa qayta nomlangan. Jumladan, “Lijniy” va “Sernovodsk” ko‘chalari “Chuvalachi”ga, “Talant” ko‘chasi “Iste’dodga”, “Sag‘bon” ko‘chasi “Ramazon”ga, “Jonon” ko‘chasi nomi “Paxta”ga almashtirilgan.

Bundan tashqari, aholi punktlari tarkibiy qismlarining geografik joylashuvi qayta ko‘rib chiqilishi natijasida nomi o‘zgarayotgan Olmazor tumanidagi 39 ta, Uchtepa tumanidagi 50 ta hamda Yangihayot tumanidagi 2 ta ko‘cha qayta nomlangan.

Ko‘chalarning yangi nomlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing