Jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3,4 million so‘mni tashkil etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-sentyabr oyida O‘zbekiston bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 114,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qo‘mitaga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,0 foizga o‘sish bor. Mamlakatdagi yirik korxonalarning tovar aylanmasi 18 trillion so‘mni (o‘sish sur’ati 30,2 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tovar aylanmasi 96,9 trillion so‘mni (o‘sish sur’ati 3,5 foiz), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 11,7 trillion so‘mni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,9 foizga kamaygan) tashkil etdi.

2018 yilning shu davriga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining o‘sish sur’atlari kuzatilib, nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Xorazm, Sirdaryo, Navoiy, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi. 

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30,2 foizga o‘sdi va 18 trillion so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 15,7 foiz ulushiga to‘g‘ri keladi. 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 96,9 trillion so‘mni tashkil etib, 2018 yilning yanvar-sentyabr oyiga nisbatan 3,5 foizga o‘sdi. Respublika miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 84,3 foizga teng kelmoqda. 

Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ulushi bo‘yicha Qashqadaryo (96,9 foiz), Jizzax (91,0 foiz), Toshkent (90,6 foiz), Surxondaryo (89,4 foiz) va Namangan (87,7 foiz) viloyatlari yetakchilik qilmoqda. 

Chakana tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 15,7 foizni tashkil etib, eng katta ulush Toshkent shahrida (27,6 foiz), Xorazm viloyatida (24,0 foiz) va Buxoro viloyatida (14,2 foiz) kuzatilgan. 

2019 yil yanvar-sentyabr holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi - 3,4 mln so‘m (o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 5,0 foizga o‘sgan). 


Maqola muallifi

Teglar

hisoblaganda Jon boshiga

Baholaganlar

10

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar