“Joker” filmining ikkinchi qismi suratga olinmoqda

Madaniyat-san’at

image

Jahon kino sahnasini jumbushga keltirgan “Joker” filmining davomini suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda kartina rejissyori Todd Fillips ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Rejissyor tomonidan ulashilgan suratda bosh qahramon ijrochisi Xoakin Feniksning soqolini olish jarayoni aks etgan. Rasm ostida “Birinchi kun. Bizning bolakay Joker” deya izoh qoldirgan.

Kartinaning 2-qismi “Joker: ikki kishilik telbalik” deb nomlanib, u katta ekranlarga 2024 yil 4 oktyabrda chiqishi rejalashtirilgan.

Hozircha filmning syujeti noma’lum. Kinoda Joker sevgilisi va jinoyatlarida sherik sifatida namoyon bo‘lgan Xarli Quinn bilan uchrashadi. Xarli Quinn rolini Ledi Gaga ijro etadi. Bundan tashqari, film musiqiy sahnalarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Joker” filmining birinchi qismi 2019 yil 4 oktyabrda AQSH kinoteatrlarida namoyish etilgan va tomoshabinlar tomonidan juda yaxshi kutib olingan. Shuningdek, 2020 yil Los-Anjelesdagi “Oskar” 92-taqdirlash marosimida mukofotga nomzod bo‘lgan. Xoakin Feniks filmdagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing