Joan Laporta: “Barsa shifoxonadan chiqdi va tuzalyapti”
Sport
−
06 avgust 2022
3040“Barselona” prezidenti lavozimini egallab turgan 60 yoshli ispaniyalik funksioner Joan Laporta “ko‘k anorranglilar” yaqin kelajakda jamoa barcha yangi futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkinligiga ishonch bildirdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
“Biz barcha yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish ustida ishlayapmiz. Moliyaviy talablarni qondirish uchun juda ko‘p va yaxshi harakatlarni amalga oshirdik. Agar yana boshqa operatsiyalarni bajarishimiz kerak bo‘lsa, biz buni ham qilamiz. Hozircha, biz kutyapmiz. Futbolchilarni ro‘yxatga olish masalasi La Liga bilan bog‘liq bo‘lgan qaror. Bizdan talab qilingan narsani bajardik. Ishonchimiz komilki, biz yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishimiz mumkin.
Oxirgi ikki oyda “Barsa” 868 million yevro ishlab oldi. Bizda sof balans va foyda va zarar hisobotlari bor. Qimmatbaho aktivlar bilan ba’zi operatsiyalarga juda ko‘p kuch sarfladik. Bizda bu aktivlarni qaytarish imkoniyati mavjud. Biz bu vaziyatni o‘zgartiramiz. O‘ylashimcha, “shifoxonadan chiqdik va tuzalyapmiz”. Men juda xursandman”, degan “Barsa” prezidenti.
Ma’lumot uchun, yozgi transfer oynasida Frank Kesse va Andreas Kristensen erkin agent sifatida “Barselona” bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, “Lids” yarim himoyachisi Rafinya Dias 58 million yevroga va Robert Levandovski “Bavariya”dan va 45+5 million yevro evaziga xarid qilindi. Qolaversa, “Sevilya” klubi futbolchisi Jyul Kunde 50 million yevro evaziga sotib olindi.
LiveBarchasi