Jo Bayden ta’tilga chiqdi
Olam
−
11 avgust 2022
5939AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 10 avgust kuni ta’tilni o‘tkazish uchun Kiaua oroliga (Janubiy Karolina) jo‘nab ketdi. Prezident u yerda oilasi bilan yetti kun dam oladi. Bu haqda NBC telekanali ma’lum qilgan.
Ma’lum qilinishicha, Bayden mamlakatning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan ushbu orolga AQSH vitse-prezidenti sifatida uch marta tashrif buyurgan. Davlat rahbari kelishidan xabar topgan Kiaua shahri hokimiyati mahalliy aholini yaqin kunlarda orol bo‘ylab kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rilishi, yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Qayd etilishicha, kecha, 10 avgust kuni tushdan keyin Oq uy egasi, uning rafiqasi Jill Bayden, o‘g‘li Xanter va uning rafiqasi Melissa Koen va nabirasi Bo bilan Prezident samolyotida Endryus harbiy bazasidan Kiaua oroli yonida joylashgan Charlston port shahriga uchib ketgan.
Hozircha AQSH ma’muriyati Amerika rahbarining ta’tilga oid ma’lumotlarni tasdiqlamagan, shuningdek ushbu davrda Bayden bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealar haqida ma’lumotni oshkor qilmagan. Prezident oilasi joylashgan orolning o‘zi shaxsiy plyajlari va golf kurortlari bilan mashhur.
Aytish joizki, Bayden Kongressdagi ovoz berish, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi va koronavirus pandemiyasi avj olgani sababli avvalgi yozgi ta’tilni to‘liq o‘tkaza olmagandi.
LiveBarchasi