JK va MJKga daxlsizlik bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonda jinoyat va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning daxlsizlik huquqlari bilan bog‘liq moddalariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlanishi kutilmoqda. Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida so‘z boradi.

Strategiyaning 83-maqsadida keltirilishicha, kelgusida shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni Internet tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik xuquqlari buzilishining oldini olish borasida amaliy islohotlar olib boriladi. 

Shuningdek, turli yosh toifasi uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslari hamda onlayn dasturlar ommalashtiriladi. 

Xalq ta’limi va professional ta’lim tizimining tegishli  darsliklariga media savodxonlik bo‘yicha mavzular kiritiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing