Jizzaxlik haydovchi vijdon azobi sabab 3 yil avvalgi jinoyatini bo‘yniga oldi

3-sahifa

image

Jizzaxda yo‘l-transport hodisasi sodir etib, bir insonning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 3 yil o‘tib, o‘z aybini tan oldi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi. 

2017 yil dekabr oyida Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida istiqomat qiluvchi 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia rusumli avtomobilida G‘allaorol tumani tomon harakatlangan. Tumanning "Lalmikor" MFY hududida harakatlanish paytida mashina bilan odam urib yuborib, YTH sodir etgan. 

Haydovchi dastlab odam urib yuborganini sezmagan. Taxminan, 200 metr yurgach, ortiga qaytib borgan va yerda yig‘lab yotgan kishini ko‘rgan. Uni shifoxonaga olib bormasdan, voqea joyidan qochib qolgan.  G‘allaorol tumani "Lalmikor" MFY hududida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan erkak esa olgan tan jarohati tufayli voqe joyida vafot etgan. 

“Qo‘rqqanimdan yo‘lovchiga yordam berolmadim. Avtomobilimga o‘tirib, chamasi, 500 metr yurib tuproq ko‘chaga kirib ketdim. Mahalla oralab borib, o‘zimga tanish ustani topdim va it urib yubordim, deya mashinani ta’mirlatdim”, deydi haydovchi.

G‘allaorol tumani IIB tomonidan 2017 yilda qo‘zg‘atilgan tergov ishining natijalariga ko‘ra, haydovchi shaxsi aniqlanmagach bu tergov harakatlari shu yilning 29 dekabrda to‘xtatilgan.

Ammo haydovchi oradan 3 yil o‘tib, vijdon azobi sabab o‘z aybini tan olgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan  qonunchilikda belgilangan tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

IIB YHXBB

Baholaganlar

792

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing