Jizzaxdagi “zapravka”da Matiz va Nexia yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 28 iyun kuni soat 05:40 da Jizzax viloyati Jizzax shahar “Sangzor” MFY O.Azimov ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, shoxobchadagi Matiz hamda Nexia rusumli avtomashinalarga gaz to‘ldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani bois yong‘in kelib chiqqan. 

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, qisqa fursat ichida bartaraf etilgan.

Ushbu holatda jabrlangan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

273

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing