Jizzaxdagi paxtani qabul qilish punktida yong‘in chiqdi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2022
9189Joriy yilning 12 oktyabr kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:13 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga tumanning “Uchtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu punkt “Jizzax Instural To’qima” MCHJga qarashli bo‘lgan.
Shundan so‘ng, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 18:20 da yetib borgan va yong‘in 18:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida 1 ta g‘aramning ustki qismi to‘liq, yana bir g‘aramning ustidagi “sulton” navli paxta tolalari yongan. 35−40 kg paxta tolalari yonib, zararlangan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi