Jizzaxda yigit xotini va 5 yashar bolasini o‘ldirib, yoqib yubordi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 noyabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida ayol va bolaning yoqib yuborilgan jasadi topildi. Viloyat IIB Matbuot xizmati jasadlar “Zargar” qishlog‘idan o‘tgan M39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining yaqinidan topilgan.

Keyinroq o‘tkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasi natijalariga ko‘ra, marhum Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi 29 yoshli fuqaro bo‘lgan. Ayol va bolaning jasadlarida bo‘g‘ish izlari topilgan. Ayol mexanik asfiksiya sabab vafot etgani aniqlangan.

Tezkor tadbirlar natijasida ichki ishlar organlari xodimlari gumonlanuvchini topgan. U Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 22 yoshli yigit bo‘lib chiqqan. U jinoyatga iqror bo‘lgan.

Tergov jarayonida yosh yigit va ayol 5 yil avval tanishgani ma’lum bo‘lgan. Biroq, ota-onalari ularning munosabatlarini qo‘llab-quvvatlamagan va ular shar’iy nikoh bilan yashay boshlagan. 2017 yilda ayol farzand dunyoga keltirgan. Joriy yil kuzining boshida u yana homilador bo‘lgan. Bu vaqtda yigit Toshkentda quruvchi bo‘lib ishlagan.

Keyinroq ayol yigitning otasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li bilan bo‘lgan munosabati haqida gapirib bergan. U, shuningdek, ularning oilasining to‘laqonli a’zosi bo‘lishni xohlayotganini aytgan. Shundan so‘ng 22 yoshli yigit ayolni bolasi bilan Toshkentga chaqirgan. Ularga Toshkent viloyatining Zangiota tumani Olim polvon mahallasidan ijaraga uy-joy bergan. Bu yerda u ayolning puli borligini bilib qolgan va noma’lum sabablarga ko‘ra uni xiyonatda ayblagan.

Aloqalar yomonlashganidan keyin ular Buxoroga qaytishga qaror qilishgan. Yo‘lda “Zargar” qishlog‘i hududida to‘xtashgan va o‘rtalarida nizo kelib chiqqan. Yosh yigit yana ayolni xiyonatda ayblagan.

Mojaro vaqtida yigit ayolni, keyinroq esa voqeaga guvoh bo‘lgan bolani bo‘g‘ib o‘ldirgan. Yigit huquq-tartibot idoralari xodimlariga go‘yoki uni o‘zi bilan olib ketmoqchi bo‘lganini, biroq bola onasi bilan qolmoqchi ekanligini aytgan. U sumkaning tasmasi bilan bolani bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Qotillik izlarini yashirish uchun u ularning jasadlarini yoqib yuborgan. Yigit jasadlarni dafn qilishni rejalashtirgan, biroq itlarning hurlashini eshitib, voqea joyidan qochib ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

1672

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing