Jizzaxda yengil jazo tayinlatish evaziga 15 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Jizzaxda yengilroq jazo tayinlatib berishni va’da qilib, pul so‘ragan "ustomon" ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro R.A. “T-Sh.” MCHJ rahbari D.E.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 15 ming dollar evaziga yengil jazo tayinlatib berishini aytib, shundan 5 ming dollar bo‘nak olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing