Jizzaxda uyida qurol va giyohvand modda saqlagan erkak ushlandi
3-sahifa
−
25 iyul
4677Jizzaxda uyida qurol va giyohvand moddalar saqlagan 58 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Jizzax shahrining “Ittifoq” mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaligida sport quroli saqlayotgani aniqlangan.
Tekshiruv davomida ushbu shaxsning xonadonidan quroldan tashqari, elektron kastet, javonda 13,8 gramm, cho‘ntaklarida jami 65 gramm “Marixuana” saqlayotgani ma’lum bo‘lgan.
“Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruvlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 3 dona “Makarov” va 1 dona TT pistoleti hamda o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olingandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr