Jizzaxda sud xodimi 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tuman sudining xodimi fuqarodan 2 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtda DXX va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tuman sudining xodimi Sharof Rashidov tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan birga jizzaxlik fuqaroning nikohdan ajratish haqidagi da’vosini fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ishlaydigan tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 4 ming AQSH dollari talab qilgani aniqlangan. Ular fuqarodan 2 ming AQSH dollari olgan vaqtda DXX va prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing