Jizzaxda pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i $2500 pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
28 May 2022 16732 1 daqiqa
Jizzax davlat pedagogika instituti (JDPI) bo‘lim boshlig‘i 2 500 AQSH dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda JDPI bo‘lim boshlig‘i B.I. fuqaro V.ning Toshkent shahridagi “Y.T.” universitetining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishidagi o‘qishini tanishlari yordamida institutning ushbu yo‘nalishdagi fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr