Jizzaxda Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Jizzax shaxridan o‘tgan 4R-36 avtomobil yo‘li Nexia va SHACMAN avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB xabar bermoqda.

ma’lum qilinishicha, kecha, 15 iyun kuni soat 18:20 larda Jizzax shahar hududidan o‘tgan 4R-36 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi E.Q. boshqaruvidagi Nexia rusumli yengil avtomobil hamda 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi D.E. boshqaruvida bo‘lgan SHACMAN rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi E.Q. va ushbu avtomobilning 1987 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi D.N. turli tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchilari, 2010 yilda tug‘ilgan A.S. va 1994 yilda tug‘ilgan A.A.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing