Jizzaxda mast erkak xotinini urib o‘ldirdi. Jinoyat yashirilyaptimi?

3-sahifa

image

Bundan bir hafta oldin Jizzaxda mast er xotinini urib, o‘ldirib qo‘ygan. Hodisa haqida huquq-tartibot organlari miq etmay kelayotganiga qaramay, Sharof Rashidov tumani hokimligi bu haqda xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 noyabr kuni soat 16:53 da viloyatning Sharof Rashidov tumani Yangidiyor mahallasi, yangi hovlida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan O‘.A. rafiqasi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro I.S.ga mast holatda “Nega meni haqorat qilasan”, deb qo‘li bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. 

Oqibatda I.S olgan tan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan.

Sharof Rashidov tumani hokimligi Matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu jinoyat viloyat prokuraturasi, viloyat IIB ma’sul rahbarlari va tuman sektor rahbarlari, MFY raisi, xotin qizlar faoli, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va keng jamoatchilikdan 100 dan ziyod fuqarolar ishtirokida muhokama qilingan. 

Holat bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olinganmi yo yo‘qmi, Jinoyat kodeksi moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilganmi – bular noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing