Jizzaxda Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida ayanchli yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 4 yanvar kuni soat 17:30 larda G‘allaorol tumanida sodir bo‘lgan. Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketgan. Transport vositasi daraxtga urilib, ikkiga ajralib ketgan.

Hodisa oqibatida avtomobil salonida bo‘lgan 2004 yilda tug‘ilgan shaxs olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida, yana bir shaxs shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, avtomobil haydovchisi hamda salonda bo‘lgan yana bir yo‘lovchi yengil tan jarohatlari olgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Surxondaryoda YTH oqibatida ayol va uning chaqalog‘i vafot etgani hamda Samarqanddagi YTH oqibatida ikki piyoda halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing