Jizzaxda ko‘lvor ilonni tiriklay yegan fuqaro jazolandi
3-sahifa
−
13 yanvar
19067Jizzax viloyatida ko‘lvor ilonni tiriklay yegan fuqaro jazolandi. Bu haqda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgandan keyin viloyat Ekologiya boshqarmasi Zomin tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish davomida ushbu holat fuqaro Q.H. tomonidan sodir etilgani ma’lum bo‘lgan.
Fuqaro bu harakati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 4,30,51,53-moddalari talablarini buzgan.
Davlat inspektorlari tomonidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 1-qismi bilan BHMning 20 baravari (7,5 mln) miqdorida jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, 1 125 000 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyatida Chirchiq daryosi hududidan tabiiy qum-shag‘al qazilib, tosh maydalash sexiga tashib olib ketilayotgani va bu bilan tabiatga 700 milliard so‘m zarar yetkazilgani aniqlangandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar