Jizzaxda qulagan bino bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
10 yanvar 2021 30910 1 daqiqa
Avvalroq Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa bugun, 10 yanvar kuni saot 17:15 lar atrofida sodir bo‘lgan. Bino Jizzax shahar “Zilol” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurilish vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
FVV Axborot xizmatiga ko‘ra, hozirda voqea joyga viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar va tibbiyot xodimlari yetib borib, holatni o‘rganmoqda.
Jizzax viloyat favuqlotda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Farrux Abdurahmonovning ma’lum qilishicha, foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli bo‘lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati yashash uchun turarjoy, pastgi 2 qavati noturarjoy sifatida qurilayotgan bo‘lgan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Qurilish vazirligi xabariga ko‘ra, mutxassislar binoning qulashi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025