Jizzaxda qarovsiz itlar vahshiylarcha otib tashlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda qarovsiz qolgan itlarga vahshiylik bilan munosabatda bo‘linayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilio‘ davlat qo‘mitasi holat bo‘yicha munosabat bildirdi. 

Unga ko‘ra, holat bo‘yicha Jizzax viloyat Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish natijasida kecha, 26 yanvar kuni soat 12:10 larda tuman obodonlashtirish boshqarmasi “Yovvoyi hayvonlarni tutish brigadasi” xodimlari, Sharof Rashidov tumani, “Yangi hayot” MFYda yashovchi I. U. va “Uch tepa” MFYda yashovchi B. A. sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish va o‘qotar qurollardan belgilangan tartibni buzgan holda otishda ifodalangan huquqbuzarlik sodir etgani aniqlangan

Qayd etilishicha, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 53-moddasi va 185-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli ushbu fuqarolarga nisbatan qonuniy chora ko‘riladi.

Hozirda Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 185, 53- moddalariga asosan huquqbuzarlarga qonuniy chora ko‘rish uchun materillar  sudga chiqarilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

367

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing