Jizzaxda is gazi yana bir oilaning hayotiga zomin bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 yanvar kuni Jizzax viloyatida butun bir oila  - aka-uka va ularning onasi is gazidan zaharlandi. Voqea viloyatning Sharof Rashidov tumani, “Ziyokor” mahallasida ro‘y berdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev Qalampir.uz'ga ma’lum qilmoqda. 

Aytilinishicha, hodisa shu kunning tongi soat 5:10lar atrofida ro‘y bergan. Fojia oqibatda bolalar vafot etgan, ularning onasi esa reanimatsiya bo‘limida qolmoqda.

Vafot etgan bolalar 8, 12 va 14 yoshlardagi o‘g‘il bolalar. Ularning onasi, 37 yoshli S.A. hozir reanimatsiya bo‘limida. Shifokorlar uning hayoti uchun kurashishmoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur hodisaga munosabat bildirishar ekan, bolalarni ovqatdan zaharlangan degan taxminni ham ilgari surishgan. SSV masalaga oydinlik kiritar ekan, ularni ovqatdan emas, is gazidan zaharlanishganini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kunida mazkur viloyatning G‘allaorol tumanida ham bir oila is gazidan zaharlangan, oqibatda 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing