Jizzaxda ikki o‘smir haydovchini o‘ldirib, Spark'ni yoqib yubordi
3-sahifa
−
11 iyul 2022
22198Joriy yilning 4 iyul kuni Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidan oqib o‘tuvchi Pr-8 kanalidan Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashovchi fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro 3 iyul kuni Spark mashinasida Samarqand tomonga yo‘lga chiqib, manziliga yetib bormagan.
Fuqaroning jasadi Mirzacho‘l tumanidagi Pr-8 kanalining “Toshkent” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchidan qismidan topilgan.
Erkakning o‘limiga sabab bo‘lganlar jinoyat izini yo‘qotish maqsadida Mirzacho‘l, Do‘stlik va Arnasoy tumanlarini kechib, Forish tumani Egizbuloq qishlog‘iga kelgan. Bu yerdan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududiga o‘tib, bu yerda unga tegishli bo‘lgan Spark rusumli avtomobilni yoqib yuborishgan. Marhumga tegishli mashina 4 iyul kuni soat 22:00 larda to‘liq yongan holda topilgan.
Tezkor qidiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Paxtakor tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan va Arnasoy tumani Cho‘lquvar mahallasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan Sharof Rashidov tumanidagi kasb-hunar maktabi o‘quvchilari sodir etgani aniqlangan. Gumonlanuvchilardan erkaklar bosh va oyoq kiyimlari, marhumga tegishli universal pichoq hujjatlashtirib olingan.
Surishtiruv davomida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasida ishlagan ikki yigit uyiga ketish maqsadida Toshkent–Jizzax yo‘nalishida qatnaydigan taksilar bekatiga kelgani aniqlangan. Ular bu yerda Spark mashinasi haydovchisiga Jizzax shahriga olib borib qo‘yishi evaziga 200 ming so‘m berishga kelishishadi.
Sirdaryo viloyatida mashina to‘xtagan vaqtida yigitlardan biri haydovchini bo‘g‘gan, sherigi esa marhumni ushlab turgan. Haydovchi vafot etgandan so‘ng, uni orqa o‘rindiqqa yotqizib, Spark’ni Mirzacho‘l tumaniga olib borishgan va jasadni kanalga tashlab yuborishgan.
So‘ng gumonlanuvchilar Forish tumanida mashinani yoqib yuborib, davlat raqami belgilarini ko‘mib tashlashgan.
Qayd etilishicha, mazkur qotillik yuzasidan prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi