Jizzaxda gaz balloni portlashida jarohatlangan 7 yashar bolaning ikkala oyoqlari kesib tashlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 13 aprel kuni Jizzax shahrida mudhish hodisa ro‘y bergani, Chiqindi tashuvchi avtomobilning gaz balloni to‘satdan portlashi oqibatida ikki kishi og‘ir tan jarohati olgani haqida xabar bergan edik. Ma’lumotlarga qaraganda, jarohatlangan shaxslar ota-bola bo‘lgan. 

Jarohatlangan ota-bola zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar ota-bolaning ahvoli og‘ir ekanini, portlagan gaz ballonining qoldiqlari ota-bolaga kelib tekkanini aytmoqda. Og‘ir tan jarohatlari sabab jarohatlangan 7 yashar bolaning ikkala oyog‘i ham kesib tashlangan. 

Eslatib o‘tamiz, hodisada Cobalt, Spark va Nexia-1 avtomobillariga jiddiy zarar yetgan.

"Toza hudud" DUKga tegishli chiqindi yig‘ish mashinasi haydovchisi AGTKSHdan “27 m kub gaz soldirib kelganini, gaz ballonni 4-5 oy avval sotib olganini” aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1053

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing