Jizzaxda fuqarolarning nomiga kredit rasmiylashtirib, “yeb yuborgan” bank xodimi ushlandi
3-sahifa
−
12 mart 2022 7701 1 daqiqa
Jizzaxda 12 nafar fuqarolarning nomiga kredit rasmiylashtirib, o‘zlashtirib olgan bank xodimi va fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Baxmal tumanida fuqaro A.N. boshqa bir fuqaro A.ning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilgan hamda tumandagi bank filialidan uning xabardorligisiz 50,5 million so‘m onlayn kredit olgan.
Bundan tashqari, A.N. tumandagi bank filiali xodimi bilan o‘zaro til biriktirib, 11 nafar fuqaro nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirib, jami 368 million so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi