Jizzaxda elektromontyor tok urib vafot etdi

3-sahifa

image

Jizzaxda elektromontyor podstansiyani ta’mirlash vaqtida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 13 yanvar kuni 1976 yilda tug‘ilgan, Baxmal tumani elektr ta’minoti korxonasida elektromontyor sifatida ishlovchi T.U. simyog‘ochga chiqqan vaqtida tok urib, vafot etgan.

Olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruvda hodisa sodir bo‘lgan joyga marhum hamkasbi B.J. bilan birgalikda borgani aniqlangan. Marhum T.U. va fuqaro B.J.lar Baxmal tumani elektr ta’minoti korxonasini Oyqor QFY hududiga mas’ul xodimlar bo‘lib, 13 yanvar kuni hududda elektr ta’minoti uzilib qolgani uchun ular ushbu nosoz joyni aniqlash maqsadida tekshiruv ishlarini olib borayotgan bo‘lgan.

Marhum T.U. sudga oid tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilib, G‘allaorol tumani STEning 2-sonli xulosasida marhumning o‘limi tananing elektr toki urishi va yonishi oqibatida yuzaga kelgani ko‘rsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax elektromontyor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing