Jizzaxda Cobalt va “ZiL” to‘qnashishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Jizzaxda Cobalt rusumli avtomobil va ZiL yuk mashinasi to‘qnashdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Cobalt'dagi yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 16 avgust kuni soat 17:00 larda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1005-kilometrida Cobalt va ZiL to‘qnashgan. 

Aniqlanishicha, Cobalt rusumli avtomobil 1995 yilda tug‘ilgan X.M., ZiL yuk mashinasi esa 1992 yilda tug‘ilgan O.J. boshqaruvida bo‘lgan. 

Xabarga ko‘ra, ushbu YTH oqibatida  Cobalt rusumli avtomobil yo‘lovchisi U.Q. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, yo‘lovchi M.S. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. 

Hozirda mazkur YTH yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing