Jizzaxda brakoner Qizil kitobga kiritilgan saqoqushni ovlab, o‘ldirdi (video)
3-sahifa
−
01 fevral 2023
12310Jizzax viloyati Arnasoy tumanining “Zolotoy most” degan hududida fuqaro tomonidan Qizil kitobga kiritilgan pushti saqoqush ovlangan. Voqea aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ekojurnalist Nargis Qosimovaning aytishicha, saqoqoqushlar “Zaif, qisqarib borayotgan, uchib o‘tuvchi-uyalovchi tur hisoblanib, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (TMXI) Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, saqoqush yirik tekislik suv havzalarida yashaydi. 1960-yillarda Janubiy Orolbo‘yida uchrashi odatiy hol bo‘lgan. Biroq, hozirda mazkur qushlarning O‘zbekistondagi soni atigi 7 mingtaga yaqin. Saqoqushlarning 500–700 jufti (dunyodagi populyatsiyasining 2–3 %i) uyalaydi. Bir necha yuztasi qishlaydi, galaning qolgan a’zolari esa boshqa mintaqalarga uchib ketadi. Ko‘chib o‘tish yo‘lidagi asosiy hudud – Dengizko‘l ko‘li hisoblanadi.
“Bu qushlarni ovlash taqiqlangan. Buyurtmaxonalarda uyalash joylarida (Sudoche k.), ko‘chish, uchib o‘tish va qishlash davrida (Arnasoy, Qoraqir, Dengizko‘l k.) muhofaza qilinishi kerakligi Bonn konvensiyasining I ilovasiga kiritilgan. Tabiat resurslari vazirligi ekoinspektorlari brakonerni topib, jazoga tortishadi, degan umiddamiz”, degan Qosimova.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda brakonerlar Qizil kitobga kiritilgan 13 bosh jayronni otib o‘ldirgani haqida xabar bnrgan edik.
LiveBarchasi