Jizzaxda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlandi. 19 yoshli farzand vafot etgan
Jamiyat
−
23 dekabr 2020
5577O‘zbekistonga kuz-qish mavsumi kirib kelishi bilan is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq noxush xabarlar soni ortishni boshlaydi. Hattoki, ular orasida oxiri o‘lim bilan tugayotganlari ham yetarlicha. Xususan, joriy yilning 19 dekabr kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Yuksalish” mahallasida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlangan. Oqibatda oilaning 19 yoshli farzandi zaharlanishdan vafot etgan. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.
Aniqlanishicha, oila qo‘lbola isitish qozonidan foydalanib kelgan. Ushbu isitish qozonidan chiqayotgan zaharli gazning chiqib ketishi uchun moslama o‘rnatilmagan. Shuning oqibatida oila a’zolari is gazidan zaharlangan. Oila boshlig‘i, turmush o‘rtog‘i va bir nafar farzand shifoxonaga yotqizilgan.
“Bemorlar 19 dekabr kuni soat 17:00 da RSHTYOIM Jizzax viloyati filialining jonlantirish bo‘limiga og‘ir ahvolda olib kelingandi. 52 yoshli oila boshlig‘ining ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Ammo turmush o‘rtog‘ida qisman ijobiy o‘zgarishlar kuzatilyapti. Bemorlarda toksik jigar yetishmovchiligi va toksik pnevmoniyalar kuzatilmoqda”, deydi RSHTYOIM Jizzax viloyati filialining jonlantirish bo‘limi shifokori Anvar Ochilov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlangani haqida xabar bergan edik.
Shundan so‘ng, Qarshi prokuraturasi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi