Jizzaxda bir oilaning 3 a’zosi konservadan zaxarlandi. Xonadon kelini vafot etgan

Jamiyat

image

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida bir oilaning 3 nafar a’zosi uy sharoitida tayyorlangan konservadan zaharlandi. Oila a’zolaridan biri vafot etgan. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishcha, bemorlar shifoxonaga kelishi bilan kerakli muolajalar qilingan. Xonadonning 26 yoshli kelini ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay halok bo‘lgan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, marhuma zaharlanganidan so‘ng 1,5 kun davomida shifokorlarga murojaat qilmagan.

Shifokorning ta’kidlashicha, 1995 yilda tug‘ilgan X.G‘. shifoxonaga olib kelinganida juda holsiz va so‘zlasha olmaydigan holatda bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing