Jizzaxda benzin qo‘lda ikki baravar qimmat sotilayotgani aniqlandi
Jamiyat
−
04 fevral 2023
6672Ijtimoiy tarmoqlarga “Benzin taqchilligi tufayli chayqovchilar benzinni qo‘lda salkam ikki baravar qimmat narxda sotishmoqda” sarlavhali videoxabar sizdirildi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur voqea Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani, Temiryazov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Avtobenzinga bo‘lgan talab oshganligi sababli ayrim fuqarolar tomonidan o‘zlarining shaxsiy avtomashinalarida AYOQSHlardan benzin xarid qilib, uni avtomashina bakidan chiqarib qo‘lda noqonuniy ravishda sotish holatlari uchramoqda.
“Mazkur holatlarni bartaraf etish maqsadida muntazam ravishda huquqni muhofaza qilish organlari, Davlat soliq va Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmalari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida o‘tkazilgan tadbirlar davomida Jizzax viloyatining turli hududlarida fuqarolar tomonidan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalaridan 5 700 so‘mdan sotib olingan AI-80 markali avtobenzinni 10 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha sotilayotgani aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Xususan, Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlarida bir necha fuqarolar tomonidan jami 645 litr avtobenzin noqonuniy ravishda sotilayotgani aniqlanib, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
LiveBarchasi